“Parvozlari doimo orzular kabi toza va sarbaland bo’lsin”

0
797

Havo hujumidan mudofaa qo’shinlari va harbiy havo kuchlari qo’mondonligi tasarrufidagi Qashqadaryo viloyatida joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilari Qarshi tumanida joylashgan 45-maktab o’quvchilari bilan sermazmun tadbir tashkil etishdi. O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi munosabati bilan o’tgan tadbir “Armiya va xalq yakdil” tamoyiliga bir misol bo’ldi, desak adashmagan bo’lamiz.

Ko’tarinki ruhda o’tgan suhbatlarda o’quvchilar harbiy uchuvchi degan sharafli kasbga erishish yo’lidagi talablar haqida malakali mutaxassislardan to’liq ma’lumotlar oldilar.
Shuningdek, harbiy qism qidiruv-qutqaruv parashyut-desant guruhi harbiy xizmatchilari turli xil parashyutlar ko’rgazmasida o’quvchilarga havo qanotlari to’g’risida tushunchalar berib, ularning sohaga nisbatan qiziqishlarini yanada kuchaytirdilar.

Tadbir davomida maktab o’quvchilari ham o’z ijod namunalari bilan mehmonlarni xushnud etishdi. Aytilgan kuy-qo’shiq va ijro etilgan raqslar yig’ilganlarga bayramona kayfiyat bag’ishladi.

Ertamiz egalari samo lochinlarining parvozlari doimo o’zlarining orzulari kabi toza va sarbaland bo’lishini tilashdi.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati