Qo‘shinlarda axloqiy-ruhiy tayyorgarlik jarayonida harbiy psixologlar faoliyati muhim bo‘lmoqda

0
896

Bugun milliy armiyamizda harbiy psixologlar faoliyatiga alohida e’tibor qaratilmoqda . Barcha harbiy qismlarda psixologlar faoliyat yuritishlari va xizmat jarayonida qo‘llashi uchun ruhiy zo’riqishlarni yechish xonalari yaratilgan.

Janubi-g’arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Nuriston qo’rg’onida joylashgan harbiy qismda ham mukammal jihozlangan ana shunday xonada harbiy psixolog faol ish olib bormoqda. Bu yerda yurt himoyachilarining axloqiy-ruhiy holatlari o’rganilib, psixologik maslahatlar berib boriladi. Psixoemotsional barqarorlikni ta’minlash va jamoaga daxldorlik hislarini shakllantirishga qaratilgan jamoaviy mashg’ulotlar ham o’zaro jipslik va hamjihatlikni oshirishda muhim omil bo’lib xizmat qilmoqda.

Psixodiagnostik amaliyotlarda zamonaviy uslub va texnik vositalardan samarali foydalanilayotgani harbiy xizmatchining ish faoliyatida ham, oila davrasida ham faol ijobiy kayfiyatda bo’lishini ta’minlaydi.

Shuningdek, ruhiy zo’riqishlarni yechish xonalari harbiy xizmatchilarning oila a’zolari va farzandlariga ham samarali xizmat ko’rsatmoqda. Ertamiz egalarining bilim olish, hunar egallash va sport bilan muntazam shug’ullanishlari uchun ham ularning ruhiy holatlari barqaror bo’lishi lozim. Ushbu mashg’ulotlar esa ayni shu maqsadlarga qaratilayotgani bilan ham ahamiyatlidir.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati