Harbiy psixologlar malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlashdi

0
621

Bugungi kunda Markaziy Osiyo mintaqasi xavfsizligi, barqarorligi va taraqqiyoti bevosita ham, bilvosita ham O‘zbekiston tutgan yo‘lga ko‘p jihatdan bog‘liq. Shu o‘rinda mamlakatimiz Qurolli kuchlarining harbiy salohiyati, undagi harbiy xizmatchilarning harbiy-siyosiy, ayniqsa ruhiy tayyorgarligi muhim omil ekanligi ayni haqiqat.

Demak,  zamonaviy harbiy ta’limning jangovar harakatlar xarakteriga muvofiq bo‘lishi uchun, har qanday tayyorgarlik ustozlik, murabbiylik faoliyatining natijasiga bevosita bog‘liqdir. 

Tarbiyaviy va makuraviy ishlar organi ofitserlarining psixologik bilimlarini yanada oshirish maqsadida Mudofaa vazirligi va O‘zbekiston Milliy universiteti hamkorligida muhim tashabbuslar amalga oshirilmoqda. Xususan, universitet huzuridagi malaka oshirish Markazida harbiy psixologiya yo‘nalishida malaka oshirish kurslari tashkil etilgan bo‘lib, joriy yilning noyabr-dekabr oylarida bir guruh harbiy psixologiya mutaxassislari ushbu Markazda o‘z malakasini oshirdilar.

Darslarda universitetning taniqli psixolog olimlari jalb etilib, tinglovchilarning bilim saviyasi, tayyorgarlik darajasini aniqlab, ularga bir oy davomida zarur va muhim fanlardan saboq berib borishdi.

Bugun Markazning ilk tinglovchilari yakuniy attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tishdi va ularga sertifikat va tashakkurnomalar tantanali ravishda topshirildi.

Marosimda O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova ishtirok etib, vatanparvarlik tuyg‘usi jo‘sh urgan monolog va she’rlardan namunalar o‘qidi.

Katta leytenant Bobur ELMURODOV,
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti