Termizda harbiy orkestr aholiga bayramona kayfiyat ulashdi

0
471

Qurolli Kuchlar tashkil etilganining 30 yilligi munosabati bilan yurtimizning barcha jabhalarida madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.

Ana shunday tadbirlardan navbatdagisi – harbiy orkestr konsert dasturi Termiz shahrida joylashgan aholi gavjum joylarda hamda bozorlar va savdo markazlari binosida bo‘lib o‘tdi.

Konsert dasturi davomida Termiz garnizoni harbiy orkestr jamoasi Vatanni madh etuvchi kuy va qo‘shiqlari bilan shahar aholisiga bayramona kayfiyat ulashdi.

– Bugun “Indenum” savdo markaziga farzandimning tug‘ilgan kunini nishonlash uchun oilaviy madaniy hordiq chiqargani keluvdik. Bu yerda harbiy orkestr jamoasini konsert dasturi biz uchun hamda farzandim uchun katta sovg‘a bo‘ldi, biz oilamiz bilan mazza qilib konsert tomosha qildik. Kelajakda men ham farzandimning harbiy xizmatga borishini hamda Vatanimizni ishonchli himoyachisi bo‘lishini istayman, – deydi Yusuf Murtazayev.

Bunday tadbirlar Surxondaryo viloyatining chekka-chekka qishloqlarida ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

III darajali serjant Akbar AHMYeDOV,
Termiz garnizoni