Pastdarg‘omda yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

0
542

O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kichik mutaxassislar tayyorlash markazi qo‘mondomligi tashabbusi bilan Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanidagi 37-umumiy o’rta ta’lim maktabida “Mening armiyam – mening faxrim” shiori ostida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda Yoshlar agentligi tuman bo’limi va tuman xalq ta’lim bo’limi vakillari hamda o’quvchilar hishtirok etishdi.

Ochiq muloqot tarzida o’tgan davra suhbatida, Qurolli Kuchlarimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, harbiy xizmatchilar va oilalarini ijtimoiy himoya qilish, muddatli harbiy xizmatga borish va xizmatda qolish tartibi, oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish, shuningdek yurt himoyachilari erishayotgan yutuqlar yuzasidan ma’lumotlar berib o’tildi.

Namoyish etilgan qurol-aslahalar ko’rgazmasi o’quvchi yoshlar qalbida katta taassurot qoldirdi.

Umuman olganda, uchrashuv yoshlarning harbiy kasbga va oliy harbiy ta’lim muassasalariga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirdi va Qurolli Kuchlarimiz salohiyati hamda undagi o’zgarishlar haqida aytilgan so’zlar yoshlar qalbida Vatan himoyachisi bo’lish uchun qiziqishlarini yanada yuksaltirdi.

Kichik serjant Xayrullo O’LMASOV