Samarqandda kursantlar va yoshlar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi

0
491

Sport – salomatlik garovi. Ha, buni barchamiz yaxshi bilamiz. Jismoniy mashqlar natijasida o‘pka to‘qimalaridagi havoning to‘liq yangilanishiga erishiladi, organizmdagi kislorodga bo‘lgan talab qondiriladi va bu bilan umumiy immunitet oshishiga hamda qon aylanishi yaxshilanishiga erishiladi. Bu  esa organizmni turli xil kasalliklarga duchor bo‘lishi oldini oladi.

Shu bois mamlakatimizda sport bilan shug‘ullanish ommaviy tus olmoqda. Sog‘lom turmush tarziga amal qilayotgan yurtdoshlarimiz soni kun sayin ko‘payib borayotgani ham fikrimiz dalilidir. Ta’kidlash joizki, davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning ikkinchi yo‘nalishi – yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilayotgani keyingi yillarda ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazishga keng yo‘l ochmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kichik mutaxassislar tayyorlash Markazida kursantlar va yoshlar o‘rtasida tashkil etilgan musobaqa ham ularni amaliy va nazariy bilimlarini yana bir sinovdan o‘tkazdi.

Musobaqa ishtirokchilari sprotning yugurish, futbol, voleybol shaxmat-shashka turlari bo‘yicha o‘zaro bellashgan bo‘lsa, milliy sport turlaridan kurash, arqon tortish  yo‘nalishlarida  chidamlilik va chaqqonlik borasida o‘zaro kurash olib bordilar.

G‘olib jamoalar Markaz qo‘mondonligi tomonidan faxriy yorliq va sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Bu kabi tadbirlarning o‘tkazilishi  milliy sport o‘ynilarini kelajak avlodga yetkazish bilan birga shaxsiy tarkibning maxsus-harbiy tayyorgarlik darajasi yanada oshishiga, axloqiy-ruhiy sifatlarini tarbiyalanishga hamda bo‘linmalarning jangovar hamjihatligi takomillashishiga zamin yaratadi.

Kichik serjant Xayrullo ULMASOV