Sarvarbek Zafarjonov – ikkita kumush medal sohibi

0
431

Toshkentda ogʻir atletika boʻyicha kattalar oʻrtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.
Ushbu bellashuvlarda O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi sportchisi, yosh iqtidorli sportchimiz Sarvarbek Zafarjonov -89 kg vazn toifasida medallar uchun kurash olib bordi.
Sportchimiz dast koʻtarish mashqini 166 kg bilan toʻrtinchi oʻrinda yakunladi. Siltab koʻtarish dasturida esa 205 kg va ikki kurash boʻyicha 371 kg natija bilan kumush medallarni qoʻlga kiritdi. Qayd etish joiz, ikki kurash boʻyicha 371 kg natijani birinchi boʻlib qayd etgan koreyalik Dongju Yu oltin medalni ilib ketdi.

Ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionati:
Erkaklar, -89 kg:
1. Dongju Yu (Janubiy Koreya) – 371 (167+204) kg;
2. Sarvarbek Zafarjonov (Oʻzbekiston) – 371 (166+205) kg;
3. Revaz Davitadze (Gruziya) – 370 (171+199) kg.

Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi sportchimizni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklab va keljakdagi faoliyatida omad va yorqin gʻalabalar tilab qoladi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti