“Vatan fidoyi farzandlarini unutmaydi!”

0
475

Yurtimizda vatanparvarlik oyligi doirasida “Xalq va armiya – bir tan-u bir jon!” shiori ostida joylarda ko‘plab ma’naviy-ma’rifiy, madaniy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Mudofaa vazirligi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida Zangiota tumani Yoshlar ishlari agentligi, xalq ta’limi, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limlari bilan hamkorlikda kursantlar va o‘quvchi yoshlar ishtirokida vatanparvarlik tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda yoshlar harbiy institutda barpo etilgan muzeyda mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning ko‘rsatgan jasoratlarini o‘rganishdi.

O‘tkazilgan tadbir yoshlarda harbiy kasbga va sohaga bo‘lgan juda katta havas va qiziqishlar, taassurotlar qoldirdi. Ular harbiy kasbga bo‘lgan qiziqishlari ortganligini ta’kidlashdi.

Mayor Sherqo‘zi HAKIMOV