“Vatanparvarlik oyligi”: “Suzuk ota”da yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi

0
470

Xabaringiz bor, kuni kecha Toshkent shahar hokimligi va Toshkent harbiy okrugi hamkorligida poytaxtimizda “Vatanparvarlik oyligi”ni yuqori saviyada o‘tkazish, yoshlar qalbiga vatanparvarlik hissini yanada singdirish  bo‘yicha muhim chora-tadbirlar belgilab olingan edi. Ushbu oylik doirasida Shayxontohur tumanida joylashgan “Suzuk ota” mahallasida yoshlar festivali tashkil etildi.

Maydon uzra harbiy orkestr jamoasining kuy-qo‘shiqlari, Vatan himoyachilarining qo‘l jangi chiqishlari, harbiy texnika va qurol-aslahalar ko‘rgazmasi, san’atkorlarning xonishlari barcha yig‘ilganlarga bayramona ruh, vatanparvarlik hissini ulashdi.

Bu hali boshlanishini. Oldinda Qurolli Kuchlarimiz tashkil topganining 30 yilligi hamda “Vatan himoyachilari kuni” bayramiga yurtdoshlarimiz uchun kutilmagan sovg‘alar hozirlangan.  

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti