HARBIY XIZMATCHILARGA YANGI UYLAR TOPSHIRILDI

0
7257

Farg‘ona shahridagi “Yangi O‘zbekiston” massivida bunyod etilgan 16 qavatli uylardan Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilariga yangi xonadonlar kalitlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Farg‘ona viloyat hokimi, harbiy-maʼmuriy sektor rahbari, Sharqiy harbiy okrug qo‘mondonligi, viloyat kuch tuzilmalari vakillari, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari ishtirok etdi.

Ta’kidlash joizki, Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning tub mazmunini “Inson qadri uchun” degan ezgu g‘oya tashkil etadi. So‘nggi yillarda harbiy xizmat jozibadorligini oshirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, haqiqiy harbiy xizmat o‘tash uchun munosib va xavfsiz shart-sharoitlarini yaratish, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining qonuniy manfaatlarini ta’minlashning huquqiy kafolatlarini mustahkamlash sohasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Mazkur fikrlar tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan yana bir bor e’tirof etilib, xonadon sohiblari yangi uylar bilan qutlandi. yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar xalqimiz inson manfaati, uning qadrini ulug‘lashga xizmat qilayotganligini e’tirof etishdi.

Bugun harbiy xizmatchilarga yangi xonadonlar kalitlari tantanali topshirildi. Tadbir ishtirokchilari xonadonlarda yaratib berilgan sharoitlar bilan tanishib, ularning egalari bilan samimiy muloqot qilishdi. Nuroniy otaxonlar duoga qo‘l ochib, osmonimiz musaffoligi va shunday shodiyona kunlar bardavom bo‘lishi uchun ezgu niyatlar bildirdilar.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz uch yillik shonli sanasi, ozodlik va saodat ayyomi arafasida mana shunday bunyodkorlik, ezgu va xayrli ishlar yanada yuksak bo‘y ko‘rsatmoqda.

Sharqiy habiy okrug matbuot xizmati