“Bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz”

0
3651

Qiziltepa hamda Samarqand tumanlarida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan “Bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz” shiori ostida festivallar oʻtkazildi.

Tadbirda soʻz olganlar festival ishtirokchilarini yaqinlashib kelayotgan eng ulugʻ, eng aziz ayyom bilan qutlab, Qurolli Kuchlarimiz mamlakatimiz mustaqilligi, xalqimizning tinch hayoti va farovonligini taʼminlash bilan birga, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga ham munosib hissa qoʻshayotganini taʼkidlab oʻtdi.

Samarqand va Qiziltepa tumanlari yoshlar uchun bayramona ruhda o‘tkazilgan tadbirlarda harbiy orkestr ijrosidagi Vatanni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar va faxriy qorovulning saf chiqishlari yosh avlodga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati