“Eng ilg‘or tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi ofitseri” tanlovining okrug bosqichi yakunlandi

0
4614

Farg‘ona garnizonidagi harbiy qismda Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari ofitserlari o‘rtasida “Eng ilg‘or tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi ofitseri” ko‘rik-tanlovining okrug bosqichi o‘tkazildi. 

Tanlov shartlariga ko‘ra, ofitserlar dastlab ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy-mafkuraviy hamda axloqiy-ruhiy tayyorgarlik ishlarini tashkil etish hamda umumharbiy nizomlarga doir test savollariga javob berdi.

Shuningdek, taktika va otish tayyorgarligi fanlaridan o‘tkazilgan sinovlar Vatan posbonlarining sohaga doir bilim va mahoratlarini baholagan bo‘lsa, jismoniy tayyorgarlik shartida harbiy xizmatchilar 100 metr hamda 3 ming metr masofaga yugurish, turnikda tortilish orqali epchillik va chidamlilik kabi jismoniy sifatlarini namoyon etdi.

Ko‘rik-tanlov quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkazildi:

  • “Eng ilg‘or vzvod komandirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari”;
  • “Eng ilg‘or batalyon komandirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari”;
  • “Eng ilg‘or brigada komandirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari”.

Bir necha kun davom etgan ko‘rik tanlovni g‘oliblari aniqlandi. Barcha yo‘nalishlarda kuchli ekanini ko’rsata olgan g‘olib harbiy xizmatchi ko’rik-tanlovning Mudofaa vazirligi bosqichida okrug shanini himoya qiladi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati