Harbiy qismda Vatan himoyachilari uchun yangi qulayliklar yaratildi

0
5594

Andijon gornizonidagi harbiy qismda 100 o‘rinli ixcham oshxona, tikuv sexi va kompyuter xizmatlaridan iborat zamonaviy imkoniyatlarga ega yangi bino qurilib, foydalanishga topshirildi.

Ochilish marosimida harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, masʼul ofitserlar, harbiy xizmatchilar, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Oʻzida barcha qulayliklarni mujassam etgan oshxonada bir vaqtning oʻzida turfa taomlar, non va qandolat mahsulotlari tortiq etiladi. E’tiborli jihati, mazkur bino harbiy xizmatchilar oilalariga tadbirkorlik asosida foydalanishga topshirilib, yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Shu kuni tantanali marosimda yig‘ilganlar uchun bayramona konsert dasturi ham namoyish etildi. Aytish kerakki, soʻnggi yillarda Qurolli Kuchlar tizimida ham keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Vatan himoyachilarining sidqidildan xizmat olib borishlari uchun har tomonlama qulay shart-sharoitlar yaratilyapti.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati