Majmuaviy sport musobaqalari yoshlarni birlashtirmoqda

0
3349

Ayni kunlarda “Bir boʻlsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” shiori ostida barcha hududlarda oʻtkazilayotgan majmuaviy sport musobaqalari yoshlarni bir maqsad ostida birlashtirishda davom etmoqda.

Ana shunday bellashuvlar qatorida Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida joylashgan yoshlar bogʻida Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug qoʻmondonligi tashabbusi bilan tuman hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi hududiy boʻlinmasi va “mahalla yettiligi” hamkorligida majmuaviy sport musobaqalarining tuman bosqichi koʻtarinki ruhda oʻtkazildi. Unda yoshlar harbiy-amaliy sportdagi qobilyatlarini sinovdan oʻtkazish maqsadida “Harbiylashtirilgan sport estafetasi”, “Arqon tortish” va “Zakovat” shartlari boʻyicha doʻstona bellashdilar. Yakuniy natijalarga koʻra:

1-oʻrin — “Madankon” mahalla yoshlari;

2-oʻrin — “Gulobod” mahallasi;

3-oʻrin — “Doʻstlik” mahallasi yoshlari jamoasiga nasib etdi.

Gʻolib jamoalar diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi. Endilikda ular keyingi bosqichda oʻz hududlari shaʼnini himoya qiladi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti