Amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi

0
3446

Markaziy harbiy okrug Situatsion markazida okrug tasarrufidagi harbiy qism va muassasalarning 2024-yil birinchi yarim yilligi yakuni boʻyicha tahliliy yigʻilishi oʻtkazildi.

Unda Markaziy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonligi, Samarqand, Jizzax, Navoiy va Kattaqoʻrgʻon garnizonida joylashgan harbiy qism va muassasalar masʼul ofitserlari ishtirok etdi.

Tahliliy va tanqidiy ruhda oʻtgan yigʻilish davomida jangovar, maʼnaviy-maʼrifiy, texnik tayyorgarlik mashgʻulotlarida erishilgan yutuq hamda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar, ularning oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Yigʻilish davomida vazirlik va okrug miqyosida jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik mashgʻulotlarida yuqori natijalarga erishgan harbiy qismlar munosib taqdirlandi, yoʻl qoʻygan kamchiliklari chuqur tahlil etildi. 2024-yilning ikkinchi yarim yilligida amalga oshirilishi kerak boʻlgan ishlar boʻyicha tavsiya va takliflar bildirildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati