Bolalar oromgohlarida vatanparvarlik festivallari o‘tkazildi

0
3387

Jizzax viloyatining Sharof Rashidov va Zarbdor tumanlaridagi bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan “Bir boʻlsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” shiori ostida vatanparvarlik festivali oʻtkazildi.

Bayramona ruhda boshlangan festivalda Jizzax garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari va viloyatining barcha tumanlaridan kelgan yoshlar hamda ularning ota-onalari ishtrok etdi.

Tadbirda harbiy xizmatchilar tomonidan qoʻl jangi chiqishlari, koʻrgazmali sahna koʻrinishlari hamda qurol-aslahalar koʻrgazmasi namoyish etilib, yig‘ilganlar olqishiga sazovor bo‘ldi.

Umuman olganda, festivalda ishtirok etgan har bir yurtdoshimiz xalq va armiya yakdil ekanligiga yana bir bor amin boʻldi, ona Vatanni va tinchlikni tarannum etuvchi kuy-qoʻshiqlarning yangragani esa yoshlar xotirasidan ancha vaqtga qadar o‘chmasligi shubhasiz.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati