Navoiyda “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi

0
3494

Navoiy viloyati Zarafshon shahridagi 1-sektor hududida otaliqqa olingan  yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning ijtimoiy masalalarini ijobiy hal etish maqsadida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi.

Tadbirda Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi, Zarafshon shahar hokimligi, viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi vakillari, 1-sektor hududidagi to‘rtta mahalla yoshlari va ularning ota-onalari ishtirok etdi.

Uchrashuvda dastlab, Qurolli Kuchlarimizda olib borilayotgan islohotlar, oliy harbiy taʼlim muassasalariga saralash bosqichlari va harbiy xizmatchilarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, yoshlarga yot gʻoya va qarashlarning salbiy taʼsiriga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish borasida tegishli maslahatlar berildi.

Ochiq va samimiy o‘tgan muloqotlar davomida yoshlar bandligini ta’minlash, profilaktik hisobdan chiqarish kabi masalalari ko‘rib chiqildi va yakunda bir guruh faol yoshlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati