Ikkinchi jahon urushi faxriysi holidan xabar olindi

0
3585

Sharqiy harbiy okrug harbiy xizmatchilari keksa avlod vakillarini, xususan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat fronti faxriylarini har tomonlama eʼzozlash, ular holidan xabar olish bilan bog‘liq xayriya tadbirlarini o‘tkazib kelmoqda.

Jumladan, ana shunday xayrli tadbirlarning birida Vatan himoyachilari va faxriylar Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani “Katta Qaynar” mahallasida yashovchi, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Usmonjon ota Rahimov xonadonida bo‘lib, otaxon bilan samimiy suhbat qurishdi.

Usmonjon ota bilan uchrashuv davomida yurt ozodligi uchun kechgan janglar, urushdan keyingi qizg‘in mehnat faoliyati to‘g‘risida fikr yuritildi. Otaxon bugungi dorilomon kunlarning qadriga yeting, endi hech qachon urush bo‘lmasin, deya duo qildi.

Keng jamoatchilik qatnashgan xayrli yo‘qlov haqiqiy bayramga aylanib, nuroniy otaxonga izzat-ikrom ko‘rsatildi.

Ta’kidlash joizki, “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan mana shunday tadbirlar azal-azaldan xalqimizga xos bo‘lgan mehr-muruvat va saxovat fazilatlari namunasidir.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati