Kasbiy malakani oshirishga qaratilgan o‘quv-seminar o‘tkazildi

0
5023

Samarqand garnizonida Markaziy harbiy okrug qoʻshinlaridagi vzvod komandirlarining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari kasbiy malakasini oshirish hamda amalga oshirgan ishlar hisobotini yuritish va uni tahlil etish maqsadida ikki kunlik oʻquv-seminari oʻtkazildi.

Dastlab, okrug qoʻmondonligi mas’ullari tomonidan qoʻshinlarning quyi boʻgʻini bilan ishlash eng avvalo vzvod komandirlari va ularning oʻrinbosarlarni vazifasi ekani, shu bois mafkuraviy immunitetni oshirishda ulardan kasbiy mahorat va bilim yuqori bo‘lishi talab etilishi ta’kidlandi.

Shundang soʻng, ofitserlarning qoʻshinlarda maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik, psixologik tayyorgarlik elementlarni qoʻllashi, individual tartibda oʻrganish kundaliklarini yuritishi, huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda soha vakillarining hisobot yuritishlari koʻrib chiqildi.

Yoʻl qoʻyilgan kamchilik va muammolar yigʻin ishtirokchilari oʻrtasida muhokama etildi. Ikki kun davom etgan mashgʻulotlar davomida soha vakillarining jismoniy, jangovar, taktik, topografik hamda texnik tayyorgarliklari ham sinovdan oʻtkazildi va yakunda okrug qoʻmondonligi tomonidan ishtirokchilarning koʻrsatgan natijalari, faoliyati tahlil qilindi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati