“Biz bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!”

0
4217

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida joylashgan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida tuman hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi boʻlimi hamda harbiy institut hamkorligida “Biz bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida otaliqqa olingan mahalla yoshlari orasida majmuaviy musobaqaning tuman bosqichi oʻtkazildi. “Zakovat” intellektual oʻyini, “Harbiylashtirilgan estafeta” hamda “Arqon tortish” kabi shartlarni oʻzida mujassamlashtirgan majmuaviy musobaqada Zangiota tumaning 1-sektoriga qarashli 17 ta MFYdan yoshlar ishitrok etdi.

Majmuaviy musobaqa ishtirokchilarni ham, tomoshabinlarni ham qiziqishiga sabab boʻldi. Ayniqsa “Harbiylashtirilgan estafeta” sharti ishtirokchilarni oʻziga boʻlgan ishonchini ortishiga saba boʻldi.

Musobaqa boʻlganidan keyin gʻolib va magʻlub boʻlishi tabiiy. Shunday qilib, 17 ta MFY oʻrtasida oʻtkazilgan majmuaviy musobaqaning mutloq gʻolibi “Bogʻzor” mahallasi, ikkinchi oʻrinni “Gulzor” mahallasi, uchinchi oʻrinni esa “Obod tumush” mahallasi yoshlari qoʻlga kiritishdi. Gʻolib va sovrindorlar diplom ham esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Tadbir soʻnggida “Impuls” harbiy ansambl jamoasining xonandalari tomonidan kuylangan Vatanni madh etuvchi kuy va qoʻshiqlar barchaga xushkayfiyat bagʻishladi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti