Qurolli Kuchlar akademiyasida harbiy-ilmiy konferensiya o‘tkazildi

0
4556

Qurolli Kuchlar akademiyasida “O‘rta asrlar tarixida Markaziy Osiyo xalqlarining harbiy mahorati” mavzusida respublika harbiy-ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Unda harbiy-ilmiy izlanuvchilar, xususan, Jamoat xafvsizligi universiteti Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi professori Jumaboy Rahimov “Mo‘g‘ullarga qarshi kurashishda Najmiddin Kubro va Jaloliddin Manguberdining jasorati va mardligi” mavzusida, Mudofaa vazirligi huzuridagi jamoatchilik kengashi a’zosi, falsafa fanlari doktori, professor Hamidullo Dadaboyev “Amir Temur g‘alabalarida qipchoq urug‘idan yetishgan sarkardalarning o‘rni” mavzusida va yana bir qator ilmiy izlanuvchilar o‘zlarining mavzuga doir ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

Ushbu konferensiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlar ongiga buyuk ajdodlar ma’naviy merosini singdirish, insoniyat tarixida, xususan, jang san’ati tarixida tutgan o‘rni borasidagi bilimlarini oshirishdan iborat.

Anjuman yakunida ilmiy izlanuvchilar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi hamda “Turon” harbiy teatri ijdokorlari tomonidan sahna ko‘rinishi namoyish etildi.

 

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti