Yunusobodlik yoshlar majmuaviy sport musobaqalarida bellashdi

0
4437

Ayni kunlarda “Biz bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” shiori ostida barcha hududlarda o‘tkazilayotgan majmuaviy sport musobaqalari yoshlarni bir maqsad ostida birlashtirishda davom etmoqda.

Ana shunday bellashuvlar qatorida Yunusobod tumani 1-son sport maktabida Mudofaa vazirligi Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi harbiy xizmatchilari tashabbusi bilan, tuman hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi hududiy bo‘linmasi va mahalla yettiligi bilan birgalikda majmuaviy sport musobaqalarining tuman bosqichi ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Unda yoshlar harbiy-amaliy sportdagi qobilyatlarini sinovdan o‘tkazish maqsadida “Harbiylashtirilgan sport estafetasi”, “Arqon tortish” va “Zakovat” shartlari bo‘yicha do‘stona bellashdilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra:

1-o‘rin “Astrabod” mahallasining “Qalqon” jamoasiga;

2-o‘rin “Yo‘l ariq” mahallasining “Temurbek” jamoasiga;

3-o‘rin esa “Uch qahramon” mahallasining “Yoshlar” jamoasiga nasib etdi.

G‘olib jamolar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Endilikda ular keyingi bosqichda o‘z hududlari sha’nini himoya qiladi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti