Tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi

0
4490

Harbiy jamoalarning jipsligiga, ijtimoiy-psixologik muhitni sogʻlomlashtirishga, turli xil psixologik omillarni harbiy xizmatchilarning ruhiyatiga salbiy taʼsir qilishini kamaytirish va harbiy qism hamda boʻlinmalarning jangovar shayligi hamda qudrati oshishida harbiy psixologlarning o‘rni alohida ahamiyatli. Shu bois ularning bilim va ko‘nikmalarini yanada boyitib borish ustuvor vazifalardan biri sanaladi.

Qurolli Kuchlar akademiyasida Mudofaa vazirligi Psixologik tayyorlov markazi malaka  oshirish kursini muvaffaqiyatli bitirgan tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.

 Kurs mobaynida harbiy psixologlar jamoa bilan ishlashning oʻziga xos, yangi va zamonaviy metod, usul hamda uslublari bilan tanishtirildi. Bu borada ular oʻz bilim va malakalarini yanada takomillashtirdi. Albatta, bularning bari kelgusida qoʻshinlarda harbiy jamoalar bilan ish olib borishda qoʻl kelishi shubhasiz.

Bir oy mobaynida o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlagan harbiy psixologlar endilikda okruglarda yangi tajribalar bilan faoliyatini davom ettiradi.

Qurolli Kuchlar akademiyasida bo‘lib o‘tgan bitiruv marosimida tinglovchilarga sertifikatlar mas’ul ofitserlar tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy  kommunikatsiyalar departamenti