Navoiyda Ma’naviyat festivali bo‘lib o‘tdi

0
3774

Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida davlatimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan “Biz bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” shiori ostida Ma’naviyat festivali o‘tkazildi.

Festivalda tuman hokimligi va harbiy prokuraturasi vakillari, Navoiy garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari hamda tuman aholisi va yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olganlar festival ishtirokchilarini yaqinlashib kelayotgan eng ulugʻ, eng aziz ayyom bilan qutlab, Qurolli Kuchlarimiz mamlakatimiz mustaqilligi, xalqimizning tinch hayoti va farovonligini taʼminlash bilan birga yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga ham munosib hissa qoʻshayotganini taʼkidlab o‘tdi.

Shundan soʻng festival doirasida harbiy orkestr jamoasining ona Vatanni ulug‘lovchi kuy-qo‘shiqlari, folklor jamoalarining milliy an’ana va qadriyatlarni aks ettirgan konsert dasturlari namoyish etildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati