Yangiyo’llik yoshlar sport musobaqalarida bellashdi

0
959

Vatanimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan “Biz bir bo’lsak yagona xalqmiz, birlashsak Vatanmiz!” shiori ostidagi sport tadbirlari davom etadi.

Ayni kunlarda hududlarda 1-sektorga qarashli mahalla yoshlari o’rtasida harbiy-vatanparvarlik majmuaviy musobaqalar tashkil etilmoqda. Ana shunday musobaqalarning yana biri Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumanida joylashgan harbiy qismda bo’lib o’tdi. Unda
4 ta mahalla: “O‘zbekiston bekati”, “Madaniyat”, “Namuna” va “Samarqand” mahalla yoshlari g’oliblik uchun o’zaro bellashdi.

Yakuniy natijalarga ko’ra, “Madaniyat” mahalla yoshlari III, “Samarqand” yoshlari II o’rinni egalladi. Kuch va imkoniyatlarini yuqori darajada namoyon etgan “O‘zbekiston bekati” mahallasi jamoasi esa musobaqa g’olibiga aylandi. Endilikda g’olib jamoa musobaqalarning keyingi bosqichlarida ishtirok etib, o‘z hududlari sha’nini himoya qiladi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti