Qurolli Kuchlar akademiyasida harbiylashtirilgan estafeta bo‘lib o‘tdi

0
1893

Ayni kunlarda barcha hududlarda Mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan “Biz bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” shiori ostida mahalla yoshlari o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik majmuaviy musobaqalari o‘tkazib kelinmoqda. Ana shunday bellashuvlardan biri Qurolli Kuchlar akademiyasida bo‘lib o‘tdi.

Mudofaa vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi va Yoshlar ittifoqi bilan hamkorligida tashkil etilgan mazkur musobaqada Toshkent shahri, Shayhontohur va Mirzo Ulug‘bek tumanlaridagi otaliqqa olingan yoshlar g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashdi.

O‘z o‘rnida ta’kidlash joiz, harbiylashtirilgan estafeta yoshlarni sportga, harbiy sohaga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish bilan birga, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga ham xizmat qiladi.

Bellashuvda g‘olib bo‘lgan yoshlar Toshkent shahar bosqichida ishtirok etadi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti