Rahbarlar Jizzax shahrining 1- sektor hududidagi mahalla yoshlari bilan uchrashishdi

0
1001

Jizzax shahridagi Sharof Rashidov nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida Jizzax harbiy prokurori adliya polkovnigi Sherzod Hayitov, Jizzax viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Baxodir Begabayev, Jizzax garnizoni boshlig‘i podpolkovnik Farrux Rasulov hamda Jizzax shahrining 1-sektor hududida joylashgan mahalla yoshlari ishtirokida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi.

Uchrashuvda dastlab harbiy prokuror tomonidan yoshlarga berilayotgan keng imkoniyatlar xususida ma’lumotlar berilib, undan oqilona foydalanish bo‘yicha o‘ining huquqiy maslahatlarini bergan bo‘lsa, boshqarma boshlig‘i tomonidan oliy harbiy bilim yurtlari hamda harbiy akademik litseylariga kirish tartibi va undagi imtiyozlar borasida yoshlar uchun kerakli bo‘lgan tavsiyalarini berib o‘tdi.

Bu borada garnizon boshlig‘i Qurolli Kuchlarimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni Jizzax garnizonida amalga oshirilayotgan ishlar misolida aytib, Vatan himoyasi – har bir fuqaroning sharafli burchi ekanligini takidlab, yoshlarning harbiylikka bo‘lgan qiziqishini orttirdi.

Samimiy o‘tkan suhbat jarayonlarida yoshlarning kelajakdagi maqsadlari, muammolari ham atroflicha o‘rganilib, uni hal etish choralari ham ko‘rildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati