YOSHLAR O’RTASIDA MAJMUAVIY SPORT MUSOBAQALARIGA  START BERILDI

0
882

Xabaringiz bor, Respublikamizda 2024-yilning iyul-avgust oylarida Mudofaa vazirligi tomonidan otaliqqa olingan bir million yoshlar o’rtasida “Biz bir bo’lsak-yagona xalqmiz, birlashsak Vatanmiz!” shiori ostida keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy, vatanparvarlik va sport tadbirlari o’tkazilishi rejalashtirilgan.

Kuni kecha Mudofaa vazirligi Toifalangan obyektlarni qo’riqlash qo’shinlari qo’mondonligi  harbiy xizmatchilari, Yoshlar ishlari agentligi hamda Toshkent davlat iqtisodiyot unversiteti tashabbusi bilan Toshkent shahar Chilonzor tumani 1-sektorda joylashgan 14 ta mahalladagi otaliqqa olingan hamda uyushmagan yoshlar o’rtasida 101-umumiy o’rta ta’lim maktabida majmuaviy musobaqaning birinchi (tuman) bosqichi bo’lib o’tdi.

Unda ishtirokchilar harbiy-amaliy sportdagi qobilyatlari hamda bilimlarini sinovdan o’tkazish uchun “Harbiylashtirilgan sport estafetasi”, “Arqon tortish” va “Zakovat” intelektual o’yinlarida o’z omadlarini sinovdan o’tkazishdi.  

Shiddatli shu bilan bir qatorda murosasiz kechgan musobaqalarning yakuniy natijalarga ko’ra sovrinli o’rinlar quyidagicha taqsimlandi, 

1-o’rin “Al-Xorazmiy” mahallasi

2- o’rin “Sharaf” mahallasi

3-o’rin “Guliston” mahallasi

G’oliblikni qo’lga kiritgan jamolar diplom va qimmat baho sovg’alar bilan taqdirlanishdi. Musobaqada birinchilikni egallagan “al – Xorazmiy” mahallasi yoshlari shahar bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdi.