Kichik mutaxassislar tayyorlash markazida navbatdagi bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi

0
2563

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar kichik mutaxassislar tayyorlash markazini muvaffaqiyatli tugatgan harbiy xizmatchilarga navbatdagi harbiy unvonlar tantanali ravishda topshirildi.

O‘qish davomida bitiruvchilar nazariy bilimlardan tashqari Sazagan poligoni o‘quv nuqtalarida o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini mustahkamladilar. Mashg‘ulotlar professor o‘qituvchilar hamda yo‘riqchi serjantlar tomonidan olib borildi.

Belgilangan muddat davomida o‘z kasbining sir-asrorlarini professional darajada egallagan harbiy xizmatchilar Mudofaa vaziri o‘rinbosarining, DXX Chegara qo‘shinlari, IIV qorovul qo‘shinlari hamda Milliy Gvardiya qo‘shinlari qo‘mondonlarining tegishli buyrug‘iga asosan I, II, III darajali serjant unvonlarini qabul qildi.

Navbatdagi harbiy unvonlar, sertifikatlar va ko‘krak nishonlarini topshirish marosimida Markaz boshlig‘i, polkovnik Anvar Jabborov so‘zga chiqib, bitiruvchilarning kelgusidagi kasbiy faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti