SO‘X GARNIZONIDAGI HARBIY QISMDA OMMAVIY SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI

0
2267

Mudofaa vazirligi va Respublika harbiy prokuraturasi tashabbusi bilan Qurolli Kuchlar vazirlik va idoralari hamkorligida Sharqiy harbiy okrug So‘x garnizonidagi harbiy qismda ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi.

Dastlabki fikr mulohazalardan so‘ng tadbirni asosiy qismi boshlandi. Murojaatlar tahlilidan kelib chiqib, tumanning barcha darajadagi rahbarlari, mutasaddi tashkilotlar vakillari harbiylar va ularning oila aʼzolari, Qurolli kuchlar faxriylari muammolarini o‘rganishdi hamda ularga yechim izlashdi.

Shu kuni tashkilotchilar tomonidan 50 dan ortiq murojaat qabul qilinib, shundan 10 tasi joyida ijobiy hal etildi. 33 ta murojaat yuzasidan huquqiy maslahatlar berilgan bo‘lsa, yechimi muddat talab etadigan 8 ta murojaat mutasaddi tashkilotlarga yuborildi va ijrosi nazoratga olindi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati