Yoshlar o‘rtasida majmuaviy sport musobaqalari o‘tkaziladi

0
912

Mamlakatimiz yoshlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi tadbirlar respublikamiz bo‘ylab keng quloch yoydi. O‘tkazilayotgan uchrashuvlar, davra suhbatlarida ertamiz egalarining harbiylikka bo‘lgan havasi va ishtiyoqi yanada ortib bormoqda.

Toshkent shahrida joylashgan Yunusobod tumanining 1- sektorida “Biz bir bo’lsak yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz” shiori ostida o‘tkaziladigan musobaqa oldidan mahalla yoshlar yetakchilari va Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Unda dastlab videorolik namoyish etilib, musobaqani o‘tkazish bo‘yicha nizomlar barchaga tanishtirilib o‘tildi.

Ma’lumot uchun, Mudofaa vazirligi tomonidan otaliqqa olingan yoshlar o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik majmuaviy sport musobaqalari arqon tortish hamda zakovat intellektual o‘yinlarini o‘z ichiga olingan. Shuningdek, musobaqalar doirasida tashkil etilayotgan “Mardlar safidaman” harbiy-vatanparvarlik qo‘shiqlar tanlovi ham ijodkor yoshlarni beshta yosh toifasi bo‘yicha o’tkaziladi.

Uchrashuv so‘nggida tegishliligi bo‘yicha barchaga vazifalar va ko‘rsatmalar belgilab olindi. Bu kabi tadbirlar yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga samarali xizmat qilishi shubhasiz.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti