Oliy Majlis Qonunchilik palatasi vakillari harbiy okrug qo‘shinlarining kundalik faoliyatini oʻrganmoqda

0
2914

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi Erkin Salihov hamda Samarqand viloyati jamoatchilik kengashi tarkibi Markaziy harbiy okrug qo‘shinlarining kundalik faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Mehmonlar harbiy okrug misolida qoʻshinlarning jangovar-xizmat faoliyati, ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik mashg‘ulotlarini ko‘zdan kechirib, harbiy xizmatchilar jonli muloqot olib borishdi.

Muloqot davomida harbiy xizmatchilarning ijtimoiy masalalari, yuksak salohiyati, ma’naviy dunyo qarashlari va eng muhimi milliy ruhning shakllanganiga guvoh bo‘lishdi.

Bundan tashqari, joriy yilda Davlatimiz rahbari boshchiligida o‘tkazilgan xavfsizlik kengashi yig‘ilishida berilgan topshiriqlar hamda qonun hujjatlarining ijrosi holati ham ko‘zdan kechirildi.

Qoʻmita raisi boshchiligidagi ishchi guruhining Samarqand viloyatiga xizmat safari davom etmoqda.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati