Chortoqda vatanparvarlik festivali bo‘lib o‘tdi

0
575

Namangan viloyati Chortoq tumanida «O‘zbekiston yoshlar forumi – 2021» doirasida «besh muhim tashabbus mahallalarda» shiori ostida yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi.

Festivalda Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari mas’ul ofitserlari, hariy xizmatchilari, viloyat hokimi o‘rinbosari, mudofaa ishlari bo‘limi, harbiy prokuratura va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda tadbirkorlarning turli liboslar ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tdi. Harbiy xizmatchilar tomonidan havola etilgan qo‘l jangi va turli ko‘rgazmali chiqishlar tomoshabinlarga manzur keldi.

Harbiy texnikalar va qurol-aslahalar namoyishidan yoshlar milliy armiyamiz haqida birmuncha ma’lumotlar olishga muyassar bo‘ldi. Tadbir davomida harbiy orkestrning turli vatanparvarlik kuy-qo‘shiqlari barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati