Samarqandda “Jasorat maktabi” o‘quv yig‘ining navbatdagi mavsumi nihoyasiga yetdi

0
727

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar kichik mutaxassislar tayyorlash markazi bazasida Samarqand viloyatning shahar va tumanlaridagi 1-sektor hududida joylashgan mahallalarda, jumladan, garnizondagi harbiy qism va muassasalarga biriktirilgan 100 nafar yoshlar uchun tashkil etilgan 10 kunlik “Jasorat maktabi” oʻquv yigʻini o‘z yakuniga yetdi.

Yig‘in davomida yoshlar har bir kunni erta tongdan badantarbiya mashg‘ulotlari bilan boshlab, saf va jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlariga kirishdi.

Bundan tashqari, yoshlarni tadbirkorlikka va kasb-hunarga o‘rgatish bo‘yicha Samarqand viloyati savdo-sanoat palatasi, ishga marhamat mono markazining hodimlari ishtirokida elektr energetika, payvandchilik, IT-texnologiyasi hamda tadbirkorlik bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari nazariy va amaliy tarzda o‘tkazildi.

10 kunlik “Jasorat maktabi”da yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda ularning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun yig‘in dasturiga kiritilgan “viloyat hokimi kubogi”, “Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni kubogi”, “Viloyat IIB boshlig‘i kubogi” uchun turli sport musobaqalari o‘tkazildi.

Yig‘ining to‘qqizinchi kunida okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi yoshlarning harbiy qismda olgan taasurotlarni bilish va ular orasidan milliy armiyamiz saflarida qolish istagini bildirgan yoshlarga yangi imkoniyatlar yaratish maqsadida uchrashuv o‘tkazib, ularning muammoli masalalarini atroflicha o‘rgandi.

Yig‘inning tantanali yopilish marosimida Tadbirda soʻz olganlar yoshlarning kelgusi faoliyatlarida ulkan muvofaqqiyatlar tilab, ushbu “Jasorat maktabi” da oʻrgangan tartib-intizomi, egallagan kasb-hunarlaridan va eng muhimi, hukumatimiz tomonidan ularga yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlardan unumli foydalanishlarini tilashdi.

Shundan so‘ng, 100 nafar yoshlarga egallagan kasb-hunari, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishlari hamda IT yo’nalishi bo‘yicha sertifikatlar hamda sport musobaqlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoalarga tashkilotchilarning kubog, medal, diplom va qimmatbaho sovgʻalari tantanali topshirildi.

Shuningdek, taqdirlash marosimi davomida okrug qo‘mondonligi bilan o‘tkazilgan uchrashuvda “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘grisida”gi qonunga muvofiq harbiy guvohnoma olish istagi bilan murojaat qilgan 12 nafar yoshlarga harbiy guvohnomlarni tantanali topshirildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati