Shaxboz Xolmirzaev – akademik eshkak eshish bo’yicha Osiyo chempioni

0
547

Rayong (Tayland) shahri mezbonlik qilayotgan Osiyo chempionatida vakillarimiz ishonchli ishtirok etishmoqda.

“Mard O’g’lon” davlat mukofoti sohibi, “Tokio-2020” Olimpia o’yinlari ishtirokchisi, O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi sport markazi sportchisi Qurolli Kuchlar xizmatchisi Shaxboz Xolmirzaev M 1-X 2000 m. masofaga eshkak eshish bahsida o’z raqiblarini ortda qoldirib, chempionatning oltin medalini qo’lga kiritdi.

O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi sportchimizni va uning yaqinlarini tabriklab qoladi va keljakdagi faoliyatida omad va yorqin gʻalabalar tilab qoladi!

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti