Samarqandda vatanparvarlik festivali o‘tkazildi

0
661

Markaziy harbiy okrugning Samarqand garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari tomonidan Samarqand shahridagi Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘ida Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan “Bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida vatanparvarlik festivali oʻtkazildi.

Festivalda harbiy xizmatchilar Oʻzbekistonning mustaqillik davrida erishgan ulkan yutuqlari va Yangi Oʻzbekistonda olib borilayotgan islohotlar haqidagi nutqi bilan boshlab, barchani istiqlolning 33 yilligi bilan qutladi.

Shundan soʻng “Barkamol avlod” bolalar maktabi hamda Samarqand garnizoni maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamkorligida tashkil etilgan konsert dasturlariga navbat berildi.

Xushovoz xonandalar, harbiy orkestr hamda raqs ansambllari ijrosidagi qoʻshiq, raqs va sheʼrlar tomoshabinlarga bayramona kayfiyat ulashdi.

Harbiy xizmatchilar tomonidan namoyish etilgan turli sahna ko‘rinishlari hamda sport musobaqalari ham festival ishtirokchilariga unutilmas taassurotlarni baxsh etdi.

Markaziy harbiy okrug  Matbuot xizmati