Jizzaxda “Mard askar – yoshlarga na’muna” shiori ostida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o’tkazildi.

0
597

Jizzax garnizonidagi harbiy qism hamda Sharof Rashidov Mudofaa ishlari bo‘limi harbiy xizmatchilari tomonidan Sharof Rashidov tumanidagi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida “Mard askar – yoshlarga na’muna” shiori ostida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o’tkazildi.

Unda yangi O‘zbekiston armiyasining bugungi qiyofasi, harbiy xizmatchilarga belgilangan imtiyozlar hamda yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshilayotgan islohotlar xususida to’xtalib o’tildi hamda oliy harbiy bilim yurtlari haqidagi ma’lumotlarni o’zida jamlagan qo’llanmalar tarqatildi.

Uchrashuv davomida yoshlarning muammolari o’rganilib, tuman hokimligi bilan birga ularni ijobiy hal etish choralari ko‘rilib, yoshlar tomonidan buyuk siymolarimizni o‘zida aks etgan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Yakunda bir guruh yoshlarga esdalik sovg‘alari ulashilib, yoshlarning vaqtini samarali tashkil etish maqsadida timbilding o’yinlari hamda qurol-aslahalar ko’rgazmasi tashkil etildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati