Qurolli Kuchlar harbiy tibbiyot akademiyasida “Vatanga qasamyod” tadbiri bo‘lib o‘tdi

0
725

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar harbiy tibbiyot akademiyasida “Rezerv va zahiradagi ofitserlarni tayyorlash” bosqichini tamomlagan kursantlarning bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi.

Erta tongdan kursantlar harbiy orkestr sadolari ostida Vatanga qasamyod keltirish uchun saf tortdi. Dastlab Harbiy tibbiyot akademiyasi rahbariyati vakillari so‘zga chiqib, yurt o‘g‘lonlari va ularning oila a’zolari, shuningdek, xalqimizning salomatligini asrash hamda qayta tiklashda zimmalaridagi mas’uliyatli burchni sharaf bilan ado etishlarini tilab, kursantlarni mazkur quvonchli sana bilan samimiy qutladi.

Shundan so‘ng kursantlar tantanali ravishda “Vatanga qasamyod” qildilar.

Mazkur tadbirda harbiy xizmatchilar, davlat va jamoatchilik vakillari, ota-onalar hamda yoshlar ishtirok etib, yurtimizda harbiy xizmatchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar, ularning ijtimoiy himoyasi yoʻlidagi islohotlar haqida so‘z yuritdi va bitiruvchilarning keyingi xizmatlariga muvaffaqiyatlar tiladi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti