Harbiy xizmatchilar milliy qadriyatlar bellashuvida ishtirok etdi

0
661

Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida jamiyatda har tomonlama namuna harbiy oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularni moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantirish maqsadida turli ko‘rik-tanlovlar muntazam o‘tkazib kelinadi.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismda “Milliy qadriyatlar va urf-odatlarni bilish hamda hurmat qilish sharafli burch” shiori ostida o‘tkazilgan bellashuv ana shunday tanlovlardan biridir.

Ushbu bellashuvda respublikaning barcha viloyatlaridan kelgan, Kakaydi garnizonida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari ishtirok etdi.

Dastlab adiblar xiyobonida ishtirokchilar uchun joylar ajratib berildi. Shundan so‘ng ular o‘zlarining tug‘ilib o‘sgan hududlari milliy qadriyatlarini aks etirgan holda bezab, o‘zlarining sahna chiqishlarini namoyish etishdi. Tanlovning harbiy xizmatchilar oila a’zolari bilan birgalikda dasturxonni bezashi va har bir ishtirokchi o‘z hududlari milliy taomlarini pishirishi sharti bellashuvga yanada qizg‘in ruh bag‘ishladi. O‘z navbatida ushbu jarayonlar malakali hakamlar tomonidan baholab borildi.

Bellashuv harbiy qism madaniyat markazida konsert dasturi bilan davom etdi. Musobaqa g‘oliblari harbiy qism rahbariyati tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.