Harbiy xizmatchilar jadidlar xotirasini yod etdi

0
739

Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyida “Jadidlarning harbiy sohani rivojlantirishga oid qarashlari va harakatlari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi mas’ul vakillari, Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi Alohida qo‘riqlash va xizmat ko‘rsatish bazasi va qo‘mondonlikka qarashli hartbiy qism harbiy xizmatchilari hamda ularning oila a’zolari ishtirok etdi.

Qatag‘on qurbonlari xotirasi va jadidlar oyligi munosabati bilan tashkil etilgan mazkur ma’naviy-ma’rifiy kechada Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi yetakchi ilmiy xodimi tarix fanlari doktori Muslimbek Alijonov jadidlarning millatni uyg‘otishga, milliy ozodlik sari intilish yo‘lidagi mehnatlari, yangi avlod tarbiyasiga, millat taraqqiyoti yo‘lidiga fidoyiliklari xususida ma’lumotlar berdi.

Shundan so‘ng HHMQ va HHK qo‘mondonligi Alohida qo‘riqlash va xizmat ko‘rsatish bazasi muddatli harbiy xizmatchilari tomonidan jadidlar siymosi gavdalantirilib, Abdulla Avloniy qalamiga mansub “Pinak” nomli bir pardali dramasi namoyish etildi.

Tadbir mobaynida harbiy xizmatchilar jadidlarning harbiy sohani rivojlantirishga oid qarashlari va harakatlari xususidagi bilimlarini yana bir karra boyitdi. Ma’naviy-ma’rifiy kechadan so‘ng muzey bo‘ylab ekskursiya tashkil qilindi.

 

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti