Paxtakor tumanida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” oʻtkazildi

0
716

Markaziy harbiy orkug qoʻshinlari qoʻmondonligi tomonidan Jizzax, Samarqand hamda Navoiy viloyatlarining shahar va tumanlaridagi 1-sektor hududlarida oʻtkazilayotgan uchrashuvlarning navbatdagisi Paxtakor tumanida tashkil etildi.

Uchrashuvda mas’ullarr tomonidan Qurolli Kuchlarimiz saflarida xizmat qilish va oliy harbiy taʼlim muassasalarida tahsil olish toʻgʻrisida berilgan maʼlumotlar yoshlarning sharfli kasb egasi boʻlish, Vatanga sadoqat va fidoyilik bilan xizmat qilish kabi hislarini uygʻotgani bilan ahamiyatli boʻldi.

Yoshlarning turli sohalardagi qiziqishlariga oid savol va murojaatlari tuman hokimi bilan atroflicha oʻrganib chiqildi, tegishli mutaxasislar tomonidan toʻliq tushunchalar berilib oʻtildi, oʻzining xulq-atvori bilan tengdoshlariga naʼmuna boʻlib kelayitgan bir guruh yoshlarga okrug qoʻmondonligi hamda tuman hokimligining esdalik sovgʻalari topshirildi.

Uchrashuvdan soʻng, Jizzax garnizoni harbiy xizmatchilari tomonidan harbiy-vatanparvarlik festivali tashkil etilib, undan harbiy xizmatchilarning qoʻl jangi, faxriy qorulning saf chiqishlari tadbir ishtirokchilariga chinakam bayramona kayfiyat ulashdi.

Markaziy harbiy okrug matbut xizmati