Oqdaryo tumanida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi

0
908

Samarqand garnizonidagi harbiy qismlarning komandirlari tomonidan Oqdaryo tumanida “Yoshlar — milliy armiyamiz nigohida!” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik festivali va “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi oʻtkazildi.

Unda dastlab komandirlar oʻzining hayotiy tajribasini oʻrtoqlashib, milliy armiyamizning kuch-qudrati, unda yaratilayotgan keng imkoniyatlar, Qurolli Kuchlarimiz saflarida xizmat qilish va oliy harbiy taʼlim muassasalarida tahsil olish toʻgʻrisida maʼlumotlar berib oʻtishdi.

Uchrashuv davomida otaliqqa olingan yoshlarning muammolari ham tinglanib, uni ijobiy hal etish choralari ko‘rildi va tengdoshlariga naʼmuna boʻlib kelyotgan yoshlarga esdalik sovg‘alari ulashildi.

Uchrashuvdan soʻng tashkil etilgan festival doirasidagi qurol-aslahalar koʻrgazmasi, faxriy qorovulning koʻrgazmali saf chiqishlari hamda qoʻl jangi ustalarining sahna koʻrinishlari yoshlarning harbiylik kasbiga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirgan boʻlsa ajab emas.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati