O‘tgan olti oyda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi

0
870

Toshkent shahrida joylashgan Mudofaa vazirligiga qarashli Toifalangan obyektlarni qoʻriqlash qoʻshinlari qoʻmondonligida 2024-yilning oʻtgan olti oy davomida amalga oshirilgan ishlarga bagʻishlangan hisobot yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Videoselektor formatida oʻtgan yigʻilish davomida qoʻshinlar xizmati, jangovar tayyorgarlik, tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar hamda moddiy-texnik taʼminoti yoʻnalishdagi hisobotlar tinglandi.

Tanqidiy ruhda kechgan yigʻilish avvalida soʻzga chiqqan barcha yoʻnalishlarning mutaxassis ofitserlari tomonidan bajarilgan ishlar va amalga oshirilishi zarur boʻlgan eng muhim vazifalari toʻgʻrisida maʼruzalari tinglandi.

Shuningdek, qoʻshilma va harbiy qismlar komandirlari tomonidan hisobot davri davomida barcha yoʻnalishlarda bajarilgan ishlar toʻgʻrisida ham maʼruza qilindi, muammoli masalalar yechimi yuzasidan shu joyning oʻzida tegishli koʻrsatmalar berildi.

Yigʻilish davomida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklardan toʻgʻri xulosa chiqarish va qisqa muddatlar ichida bartaraf etish boʻyicha masʼullarga bir qator vazifalar belgilab berildi. 2024-yilning ikkinchi yarim yilligida amalga oshirilishi kerak boʻlgan ishlar boʻyicha tavsiya va takliflar bildirildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti