Harbiy texnikalar ko‘zdan kechirildi

0
5559

Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlarida mavjud harbiy texnika va qurol-aslahalar mudofaa vazirining o‘rinbosari hamda mas’ul ofitserlar tomonidan ko‘zdan kechirildi.

Harbiy texnikalarning butligi va sozligi, ularning saqlanishi hamda to‘g‘ri ekspluatatsiya qilinishini tekshirish, amaliy yordam berish va takliflarni yetkazish maqsadida vazir o‘rinbosari hamda ishchi guruh okrug hududidagi barcha harbiy qism va muassasalarda bo‘ldi. Ta’mirlash guruhlaridagi mutaxassislar bilan o‘tkazilgan suhbatlarda ularning takliflari o‘rganib chiqildi. Omborlardagi yong‘in xavfsizligi choralari, harakatlanish tartiblari ham ko‘zdan kechirildi.

Bir necha kun davom etgan mazkur jarayonlarda olingan ma’lumotlar Sharqiy harbiy okrug situation markazida umumlashtirildi. Yig‘ilish davomida kamchiliklar va ularni bartaraf etish chora-tadbirlari, harbiy xizmatchilarning bilim va ko‘nikmalari, texnikalarni qo‘llash bo‘yicha yangi talablar haqida ham so‘z yuritildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati