Toshkent viloyatida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi

0
768

Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, ularning muammolarini joyida hal qilish, bandligini taʼminlash, iqtidor va isteʼdod egalarini qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, nogironligi boʻlgan fuqarolarga koʻmaklashish maqsadida Angren shahar hokimligi binosida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” boʻlib oʻtdi.

Unda shahar hokimi, Angren garnizoni boshligʻi, boshda davlat va jamoat tashkilotlari mutasaddilari hamda shahardagi 46 ta mahallaning yoshlar yetakchilari, oʻquvchi yoshlar ishtirok etishdi.

Ochiq muloqot tarzida oʻtgan uchrashuvda yigit-qizlar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan sektor rahbarlariga murojat qilib, batafsil javoblar oldi.

Qayd etish kerakki, hech bir murojaat e’tibordan chetda qolmadi. Yoshlarni qiynab kelayotgan ayrim masalalar shu joyning o‘zida hal etilgan bo‘lsa, qolganlari yo‘nalishiga qarab tashkilot rahbarlariga taqsimlandi va ularga yechimini topish vazifasi yuklatildi.

Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati