Samarqandda Mahmudxoʻja Behbudiy ijodiga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi

0
818

Samarqand garnizonidagi harbiy qismda buyuk maʼrifatparvar, publitsist, dramaturg va jamoat arbobi, jadidchilik harakatining yetakchilaridan biri Mahmudxoʻja Behbudiyning faoliyatini oʻrganish maqsadida ijodkorlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Mahmudxoʻja Behbudiy uy muzeyi xodimlari, Turon fanlar akademiyasi akademiklari, shoirlar va madaniyat vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda soʻz olganlar Behbudiy xalq maʼnaviyatini boyitish yoʻlida olib borgan kurashlari, milliy matbuot, adabiyot va teartning odamlar tafakkurini oshirishdagi ahamiyati haqida asarlarida kuyunib yozgani haqida toʻxtalib oʻtishdi.

Harbiy xizmatchilar Behbudiyning ijodi va hayoti toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan tashqari oʻsha davr madaniyati, maʼrifati, ilm-fan rivojiga hissa qoʻshgan bir qancha maʼrifatparvar olimlar haqida ham batafsil maʼlumotga ega boʻlishdi.

Yakunda shoir va sanʼatkorlar tomonidan milliylikni oʻzida aks etgan sheʼr va kuy-qoʻshiqlar ijro etildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati