Yoshlarga oid muhim vazifalar muhokama etildi

0
917

Markaziy harbiy okrug situatsion markazida Jizzax, Samarqand va Navoiy viloyatlarida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga bevosita daxldor boʻlgan masalalarga oid vazifalar muhokama etildi.

Yigʻilishda viloyat, shahar va tuman hokimlarining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari, maktab va maktabgacha taʼlim boshqarma va boʻlimlari rahbarlari hamda mudofaa ishlar boshqarma va boʻlim boshliqlari ishtirok etdi. Dastlab, kun tartibidagi masala sifatida umumtaʼlim maktablaridagi chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani (CHQBT) oʻquv sinflarining ahvoli va moddiy bazasini takomillashtirish boʻyicha joylarda amalga oshirilgan ishlar tahlil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-noyabrdagi “Taʼlim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlikni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori boʻyicha besh yillik dastur asosida joylarda chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻquv-moddiy bazasini takomillashtirish, mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni Vatan himoyasiga doimo shay turishga hamda harbiy xizmatni oʻtashga tayyorlash ishlarini sifat darajasini oshirishga qaratilgan qator topshiriq va vazifalarni belgilab berilgan edi.

Unga muvofiq, viloyat hokimlarning mazkur yoʻnalishda tegishli qarorlari ishlab chiqilib, joriy yilda Jizzax viloyatida 114 ta, Navoiy viloyatida 72 ta, Samarqand viloyatida esa 257 ta CHQBT fani sinfi taʼmirlanishi, oʻquv moddiy bazasini takomillashtirish masalasi belgilab berilgan.

Muhokamalar davomida shu vaqtda qadar amalga oshirilgan ishlar tanqidiy va tahliliy koʻrib chiqilib, ish sur’atini jadallashtirish, yoʻl qoʻyilgan kamchilik va muammolarni barataraf etish choralari koʻrildi.

Yakunda ikkinchi masala sifatida Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari tomonidan mahallalardagi otaliqqa olingan yoshlar bilan amalga oshirilgan ishlarning qisqacha maʼlumoti va bu boradagi muammoli masalalar ham koʻrib chiqildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati