Yurtimizning olis hududlarida ham harbiy-vatanparvarlik festivallari o‘tkazilmoqda

0
725

Yurtimizda xalq va armiya yakdilligini mustahkamlash, olis hududlardagi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, aholi o‘rtasida milliy armiyamiz nufuzini yanada oshirish borasida keng ko‘lamli sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda.

Shu kabi ezgu maqsadlar yo‘lida kuni kecha Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida joylashgan “Buyuk Ipak yoʻli” mahallasida yoshlar ishtirokida “Xalq va armiya — bir tanu, bir jondir!” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik festivali boʻlib oʻtdi.

Festivalda Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi, tuman hokimligi, Milliy gvardiya, Yoshlar ishlari agentligi, tuman Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlinmasi vakillari hamda harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

Termiz harbiy garnizoni harbiy orkestri tomonidan ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar va sahna chiqishlari yoshlarga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.