Navoiylik yoshlar qalbida vatanparvarlik hissini uygʻotgan festival

0
989

Navoiy garnizonidagi harbiy xizmatchilar, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi hududiy boʻlimi aʼzolari hamda viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi tomonidan “Qiziltepa” va “Tabassum” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohida harbiy-vatanparvarlik festivali oʻtkazildi.

Dastlab namoyish etilgan qurol-aslaha namunalari koʻrgazmasi bolajonlarda harbiylikka katta qiziqish uygʻotdi. Navoiy garnizoni faxriy qorovul vzvodi tomonidan namoyish etilgan koʻrgazmali chiqishlar esa bolajonlarda olam-olam taassurot qoldirib, qalblarida vatanparvarlik tuygʻularini yanada joʻsh urdirgan boʻlsa ajab emas.

Garnizon harbiy orkestri tomonidan ijro etilgan milliy kuy-qoʻshiqlar esa yozning issiq kunlarida oromgohda dam olayotgan bolajonlarga quvonch ulashib, chin maʼnoda bayramona kayfiyatni taqdim etdi.

Tadbir davomida dam olayotgan bolajonlar oʻrtasida rasm chizish, qoʻshiq aytish boʻyicha tanlovlar ham oʻtkazilib, eng faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan munosib ragʻbatlantirildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati