Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litseyi pedagog lavozimlarga tanlov e’lon qiladi

0
1420

Mudofaa vazirligi tasarrufidagi Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litseyi quyidagi pedagog lavozimlariga tanlov e’lon qiladi:

  • ona tili va adabiyot;
  • rus tili;
  • ingliz tili;
  • tarix;
  • matematika;
  • informatika va AT;
  • fizika;
  • kimyo;
  • jismoniy tarbiya;
  • chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik va avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash fanlari bo‘yicha oliy ma’lumotli o‘qituvchilar. 

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

Tanlovda ishtirok etuvchi nomzodlar oliy pedagogik ma’lumotiga ega yuqori bilim darajali intellektual salohiyat va professional mahoratga hamda kamida 5 yil uzluksiz pedagogik ish stajiga ega bo‘lishi lozim.

Talab etiladigan hujjatlar:

  • Pasport nusxasi (hujjatlarni topshirish vaqtida pasportning asli ko‘rsatiladi);
  • Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom yoki vakolatli davlat organining xorijiy ta’lim muassasasida olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatga muvofiqlik olinganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;
  • O‘tkaziladigan attestatsiya natijalari bo‘yicha berilgan sertifikat nusxasi;
  • Malaka oshirish sertifikati;
  • Mehnat daftarchasining nusxasi;
  • Sudlanmaganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma;
  • Xizmat faoliyati haqidagi ma’lumotnomasi (obyektivka);
  • 3,5 x 4,5 o‘lchamdagi 4 dona rangli fotosurat.

Tanlovga hujjat topshirish muddati: 10-iyuldan 25-iyulgacha.

Manzil: Urganch shahar, Xalq so‘zi ko‘chasi, 2-uy.

Telegram: @jmhalitsey, Instagram:@jmhal_urganch. Tel nomer: (862) 226-04-11.